TOShKENT, 12 fev — Sputnik, Alen Palajchenko. Turkiya prezidenti ma’muriyatidagi manba rossiyalik prankerlarning Turkiya prezidentiga qo‘ng‘iroq qilishgani to‘g‘risidagi xabarni inkor etmoqda, xabar qiladi RIA Novosti.
Bundan sal oldin rossiyalik telefon xuliganlari sifatida tanilgan Vladimir Kuznetsov va Aleksey Stolyarov(Vovan hamda Leksus), Ukraina prezidenti Petr Poroshenko va Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk nomidan Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on bilan suhbat qurishgani haqida ta’kidlashgan edi.
"Men bu haqda hech qanday gap eshitganim yo‘q, lekin shuni aytishim mumkinki, prezidentga osonlikcha qo‘ng‘iroq qilishning iloji yo‘q. Bunday muzokaralar uchun maxsus aloqa kanallari hamda alohida jarayon taqazo etilishi sababli, bu xabarni yolg‘on deb hisoblayman”, dedi suhbatdosh.