TOShKENT, 11 fev — Sputnik, Mariya Sheludakova. Yaqin kunlar ichida GM Uzbekistan suyultirilgan gazda yuruvchi birinchi avtomobillarni ishlab chiqara boshlaydi. Bu albatta O‘zbekiston avtosanoati uchun ijobiy qadam. Bu haqda “Za rulem” gazetasi bosh redaktori o‘rinbosari Igor Mojaretto Sputnikka o‘z fikrini bildirdi.
Suyultirilgan gazda yuruvchi avtomobillar ishlab chiqarish oxirgi yilarda dunyoda keng tarqalmoqda, chunki benzinga qaraganda bir necha bor arzon va ekologik jihatdan xavfsizdir.
“Ushbu trend hozir barcha mamlakatlarda kuzatilmoqda, hatto men uchun kutilmagan, AQShda ham. U yerda barcha kommunal va ijtimoiy transport gazga o‘tkazilmoqda. Bu benzin va dizelga qaraganda juda arzon, ekologik jihatdan ham afzal. G‘arbiy Yevrpa davlatlarida ham ushbu yo‘nalish juda rivojlangan. Ayniqsa Skandinaviya mamlakatlarida. Rossiya ham bu masala bilan jiddiy shug‘ullanmoqda”, — dedi avtoekspert.
Morjarettoning so‘zlariga qaraganda, bunday avtomobillar ishlab chiqarish, benzin taqchilligi dolzarb bo‘lgan O‘zbekiston uchun dono qarordir. O‘n — o‘n besh yil avval O‘zbekistonda gaz ballonlari bilan jihozlangan eski avtobuslar yurar edi, hozir bo‘lsa vaziyat butunlay boshqacha. Shaharlarda zamonaviy, qulay va xavfsiz avtobuslar aholiga xizmat ko‘satmoqda.
Ikki xil yonilg‘ida ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish bu O‘zbekiston avtomobil sanoatining zamonaviy, tejamli va xavfsiz rivojlanish usulidir.