GM Uzbekistan gaz ballonli Lacetti ishlab chiqarishni boshladi

© GM UzbekistanIkki xil yonilg‘iga moslashgan Chevrolet Lacetti
Ikki xil yonilg‘iga moslashgan Chevrolet Lacetti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan zavodi gaz balloni o‘rnatilgan ikki xil yonilg‘ida ishlaydigan Lacetti avtomobillari ishlab chiqara boshladi.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi sultirilgan gaz va benzinda ishlaydigan Lacetti avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni boshlaganini xabar berdi, gazeta.uz xabariga asosan.

GM Korea va Landi-Renzo (Italiya) kompaniyalari bilan birgalikda tuzilgan loyiha doirasida avtomobil va gaz-ballon uskunasini bir-biriga moslashtirish  ishlari amalga oshirilgan. Undan tashqari avtomobil va o‘rnatilgan uskunalar GMning global xavfsizlik tizimi va ECE R110 (BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi) xavfsizlik standartlari talablariga binoan sinovdan o‘tgan, deb xabar bermoqda kompaniya o‘zining Facebookdagi sahifasida.  

Gaz-ballonlari Italiyaning Faber kompaniyasi, kapot ostidagi uskunalar SP «Uzavto-Landi Renzo» kompaniyalari tomonidan yetkizib beriladi. GM Korea kompaniyasi esa avtomobil dvigatelini ikki yonilg‘i turida ishlashga moslashtirishda va uni sinovda ishtirok etdi.  

GM PowerTrain Uzbekistan kompaniyasi avtomobilni maxsus, gazda ishlashga moslashtirilgan, kuchaytirilgan dvigatel bilan jihozladi. Dvigatel kuchaytirilgan silindr-porshen guruhi va klapan mexanizmlariga ega. Undan tashqari avtomobil podveskasi ham kuchaytilgan, xususan prujinalari va amortizatorlari, ko‘ndalang barqarorlik stoykalari va boshqa elementlari ham kuchaytirilgan.   

Ikki xil yonilg‘ida yurishga moslashgan avtomobilning 1130 km masofani to‘xtovsiz bosib o‘tishi mumkin. Undan 850 km benzinda, 280 km gazda. Shahar ichida harakatlanganda gazda 230 km. Avtomobil gazdan benzinga yoki orqaga avtomatik ravishda o‘tishi mumkin.

Ishlab  chiqaruvchilar xavfsizlikka alohoda e’tibor qaratishdi. Avtomobil o‘t oldirilganda yoki o‘chirilganda gaz balloni avtomatik ravishda ochiladi yoki berkitiladi. Ballon asosiy va qo‘shimcha elektromagnit klapanlar bilan jihozlangan. Ushbe klapanlar temperatura yoki davlenie oshgan vaqtda avtomatik ravishda ishlashi mumkin. Gaz trubkasi uzilganda, ballon avtomatik ravishda yopiladi.  

Ishlab chiqarish jarayonida avtomobil sifati qattiq nazorat ostida bo‘ladi. Ishlab chiqarish yakunida gaz oqib chiqishi va barcha tizimlar muvofiq ishlashi diagnostika qilinadi.

GBU bilan jihozlangan avtomobillar zavoddan Sertifikat bilan jihozlanadi, keyinchalik ularni YHXHda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun alohida Sertifikat olish kerak bo‘lmaydi.

GBU bilan jihozlanganavtomobillarga, boshqa avtomobillar kabi bir yil yoki 20 ming km masofa bosib o‘tguncha zavod kafolati beriladi.

Hozirgi kunda avtomobillni muvofiqlashtirish sinovlari yakunlanmoqda. Narxlar avtomobillar savdoga chiqarishga tayor bo‘lganidan keyin e’lon qilinadi. 

Yangiliklar lentasi
0