TOShKENT, 11 fev — Sputnik. "Islom davlati" jangarilari kimoviy qurolni yaratishga va uni Yaqin Sharqda joylashtirishga muvaffaq bo‘ldilar, deb xabar qiladi RIA Novosti Independent nashri hamda AQSh razvedkasi direktori Jyeyms Klepperning so‘zlariga tayangan holda.
Amerika milliy razvedkasi xizmati rahbarining so‘zlariga qaraganda, terrorchilik uyushmasi Suriya hamda Iroqdagi janglarda xantal gazi(iprit)- moysimon zaharli moddadan foydalanishgan.
“Bizning taxminimizcha, regionlardagi tashqi kuchlar… jangovar harakatlar davomida kimoviy vositalardan foydalanishmoqda”, — deb ta’kidladi Klepper, qurolli kuchlar bo‘yicha senat qo‘mitasiga bayonot berar ekan.
Klepperning ta’kidiga qaraganda, avgust oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida “ID” jangarilarining jangovar harakatlaridan keyin kamida ikkita odam xantal gazidan zaharlanganligi aniqlangan.