BMT “Islom davlati”ning daromad manbaini fosh qildi

Obuna bo‘lish
BMT bayonotiga ko‘ra, terrorchilarning daromad manbai bu: zo‘ravonlik yo‘li bilan egallab olingan hududlardagi neft konlari va boshqa resurslar, qamalda yashayotgan fuqarolardan yig‘iladigan "soliqlar", arxeologiya ishlari o‘tkaziladigan hududlarni o‘marish, garovga olinganlar uchun to‘lovlar...

TOShKENT, 10 fev — Sputnik, Olga Denisova. BMT Xavfsizlik kengashi terrorchilar ega moliyaviy manbalarga  qarshi kurash yuzasidan qabul qilgan rezolyutsiyaga qaramay, “Islom davlati” neft savdosi bilan shug‘ullanishda davom etmoqda. Neft savdosidan tushadigan mablag‘lar terrorchilar qo‘lga kiritadigan daromadning asosiy qismini tashkil qiladi, deb ta’kidladi BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jeffri Feltman, RIA Novosti xabari asosida.

Neft mahsulotlari noqonuniy savdosi. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Moliya vazirligi: “DAISh Suriya hukumatiga neft sotib boyimoqda”

" Asosiy daromad manbai — bu zo‘ravonlik bilan egallab olingan hududlardagi neft va boshqa resurslardan foydalanish, “soliqlar”, arxeologiya ishlari o‘tkaziladigan joylarni talon-taroj qilish, tashqaridan keladigan xayriya pullari, garovga olinganlar uchun to‘lanadigan to‘lovlardir. Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar yordamida to‘planadigan mablag‘lar ham terrorchilar daromad manbaining bir qismini tashkil etmoqda”, — deb ta’kidladi Butunjahon tashkiloti rahbari o‘rinbosari.

BMT Bosh kotibi sal oldin 2015-yilda “ID” neft va neft mahsulotlari savdosidan 500 million dollar daromad olgani haqida bayonot bergan edi.

Shundan so‘ng, ya’ni 17-dekabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan barcha davlatlarga terrorchilar moliyaviy manbalariga qarshi kurashish majbur iyatini yuklovchi rezolyutsiya qabul qilindi. Rezolyutsiyaga ko‘ra, bundan buyog‘iga BMTga a’zo mamlakatlar Xavfsizlik kengashi “qora” ro‘yxatiga kiritiladigan shaxs va tashkilotlar aktivlarini “muzlatishi", ularga mamlakatga kirish va tranzitni ta’kiqlashi, shuningdek, qurol-yarog‘ yetkazib berilishi oldini olishi lozim.

 

Yangiliklar lentasi
0