TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zini “Islom davlati” deb e’lon qilgan DAISh terror guruhi Iroq va Suriyadagi banklarni o‘marib milliard dollar atrofida, noqonuniy neft savdosidan esa 500 million dollardan ko‘p daromad olgan, deb ta’kidlamoqda terrorchilik va moliya razvedkasiga qarshi kurash ishlari bo‘yicha AQSh Moliya vaziri o‘rinbosari Adam Shubin, RIA Novosti Reyter ma’lumoti asosida.
Boz ustiga, Shubinning aytishicha, terror uyushma neftning katta qismini Suriya hukumatiga sotmoqda, yana bir qismi esa chegara orqali Turkiyaga o‘tkazilmoqda.
"DAISh Iroq va Suriyada banklarni talon-taroj qilishdan milliard dollarga yaqin daromad olgan. Yana 500 million dollar mablag‘ni unga qora bozordagi neft savdosi keltirgan", — deydi AQSh Moliya vaziri o‘rinbosari Londonda so‘zlagan nutqida.
Hozirda AQSh Turkiyadan Suriya va Iroq bilan chegarasini mustahkamlashga da’vat qilmoqda. Sputnik oldinroq xabar berganidek, Turkiya hududi orqali DAISh terrorchilari mablag‘, jangarilar va qurol-yarog‘ bilan ta’minlanmoqda.
Financial Times gazetasi xabar berishicha, terrorchilar neftni bevosita neft konlarining o‘zida 20-25 dollardan sotmoqda.