TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston yaqin kunlar ichida o‘z fuqarolarining mehnat migratsiyasi tizimini rivojlantirish niyatida, deb xabar berdi jurnalistlarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligivakili Aziz Inakov.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozirgi vaqtda ushbu yo‘nalishda bir necha mamlkatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida ish olib borilmoqda. Xususan O‘zbekiston Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi va Yaponiya ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik tashkiloti (JITCO) bilan O‘zaro hamjihatlik haqida Memorandum imzolangan.
“Bizning agentlik ushbu fuqarolarni Yaponiyaga texnik stajirovkaga jo‘natish bo‘yicha javobgar tashkilot etib tayinlangan. Bugungi kunga qadar Yaponiyalik hamkorlar bilan bir necha uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, "Chuo Sangyo Shinko" assotsiatsiyasi bilan shartnoma tuzildi, unga ko‘ra yapon tili va kerakli hunarga ega bo‘lgan fuqarolar ushbu mamlakatda tajriba o‘rganishi mumkin”, — dedi u.
O‘zbekiston fuqarolarni chetga chiqishdan oldin moslashuv markazi va Yaponiyaning “Uno” korporatsiyasi tomonidan maxsus bo‘lim tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan. U yerda O‘zbekistonliklar chet elga chiqishdan oldin malaka oshirishlari mumkin. Shu bilan bir vaqtda Yaponiya korporatsiyasining markaziy ofisida ham O‘zbekiston-Yaponiya axborot markazi tashkil qilinadi.
Inakovning so‘zlariga qaraganda, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston orasidagi mehnat migratsiyasi sohasida tuzilgan hukumatlararo shartnomalarni amalga oshirish maqsadida ishchi guruhlarning bir necha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlarda mehnat migrantlarini davlat ishtirokida tashkiliy yollash masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, agentlik Polsha, Oman va boshqa davlatar bilan ham mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadi bor. Hamkorlikning asosiy talablaridan biri, bu O‘zbekiston fuqarolariga barcha ijtimoiy va huquqiy kafolatlarni ta’minlashdir.
Agentstvo orqali eng katta migrantlar oqimi Janubiy Koreya mamlakatiga amalga oshirilmoqda. 2007-yildan hazirga qadar ushbu mamlakatda 22,5 ming O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatda mehnat qilib qaytishdi. Hozirgi kunda u yerda 15,1 ming O‘zbekistonlik ishlamoqda. Ular asosan sanoat korxonalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunga qadar qonuniy ravishda mehnat qilib kelayotgan fuqarolarning huquqlari jiddiy ravishda buzish holatlari kuzatilmadi.
Amal qilayotgan qonunlarga ko‘ra, O‘zbekistonliklar xususiy shartnoma bo‘yicha, mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida chet elga chiqmoqchi bo‘lganda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligidan ruxsatnoma olishlari kerak.