O‘zbekiston va Rossiya mehnat migrantlari haqida shartnoma tuzadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishMoskvada qor kurash
Moskvada qor kurash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati Rossiyada o‘zbek mehnat migrantlarini uyushgan holda ishga qabul qilish haqida shartnoma ishlab chiqdi.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston Mehnatni va ijtimoiy himoya vazirligi respublika fuqarolarini Rossiyada uyushgan holda mehnat qilish haqidagi shartnoma ishlab chiqib uni Rossiya hukumatiga topshirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston fuqarolarni Rossiya Federatsiyasida ijtimoiy va huquqiy kafolatlar bilan ishga yollash haqidagi davlarlararo shartnomaning qayta ishlangan loyihasi Rossiya tomoniga diplomatik yo‘llar orqali yuborildi”, — deyilgan muassasa xabarida.

Migrant hujjatlari. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek migrantlari endi Janubiy Koreya va BAAga yo‘l olishmoqda

Oldin xabar berganimizdek, Rossiya va O‘zbekiston hukumati 2015-yilda mehnat migrantlarini borasida davlatlararo shartnoma tayorlashga kirishishdi. Tomonlar bo‘lg‘usi shartnoma haqida o‘z tavsiyalarini bildirishi va ular yangi shartnoma asosiga aylanishi rejalashtirilgan edi.

Umumiy hisobga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiyada 2 millionga yaqin O‘zbekistonlik mehnat migrantlari bor.

Yangiliklar lentasi
0