TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Germaniya kansleri Turkiya o‘z xalqiga qarshi qanday yo‘l bilan urush olib borayotganini ko‘rsa ham, u bilan shubhali hamkorlikni to‘xtatmayapti. Nega deysizmi? Chunki, Merkel o‘z boshiga balo bo‘lgan “qochoqlar masalasi”ni hal etishda Erdo‘g‘on unga yordam berishiga, umid qilmoqda, deb yozadi Handelsblatt nashri, RIA Novosti xabari asosida.
"Merkelga Erdo‘g‘on siyosat maydonida omon qolish uchungina kerak", — deyilgan nemis nashrida.
Erdo‘g‘on Germaniya kansleriga Turkiya-Suriya chegarasidagi qochoqlarga yordam qo‘lini cho‘zishga so‘z bergan. Shu sabab Yevropa Turkiya prezidenti kirdikorlariga ko‘z yumib kelmoqda. Toyib Erdo‘g‘on yevropaliklarning ishonchini surbetlarcha suiiste’mol qilayotgani shubhasiz.
Turkiya prezidenti qochoqlardan o‘z yovuz maqsadlarini amalga oshirishda foydalanib kelyapti, deb hisoblaydi Handelsblatt jurnalistlari.
“Erdo‘g‘on Turkiya janubi-sharqida o‘z xalqiga qarata o‘q uzishlariga yo‘l qo‘yib, qochoqlarning yangi oqimini vujudga keltirmoqda”, — deb yozadi nashr.
Turkiya janubi-sharqida mamlakat qurolli kuchlari va qurdlar ishchi partiyasi o‘rtasida ayovsiz janglar bormoqda. O‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida boshlangan terrorchilarga qarshi operatsiyalar natijasida, shu kunga qadar 600 dan ziyod qurd jangarilari o‘ldirilgani ma’lum.