TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh Rossiyaning ikki frontga jang qilishidan manfaatdor ekanini ta’kidlamoqda.
"Men “fitnalar nazariyasi” tarafdorimasman, ammo AQSh hukumati rahbarlari norasmiy, “tor” doiralarda Rossiyaga qarshi fitna uyushtirishayotganini isbotlovchi faktlar bor. Amerika Rossiyani ikki frontga jang qilishga majbur qilmoqchi. Ular Ukrainadagi tang vaziyat barham topmasligini, Donbassda inqiroz o‘choqlari muntazam ravishda o‘t olib turishini xohlashapti. Bularning barchasi Rossiyaning Suriyadagi hayotini “zaharlash” uchun amalga oshirilayotgani shubhasiz”, — dedi Lavrov “Moskovskiy komsomoles” gazetasiga bergan intervyusida.