Obama Yaqin Sharq mamlakatlarini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishAmerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Barak Obama.
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Barak Obama. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inson haq-huquqlariga amal qilinadigan Yaqin Sharq mamlakatlari AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kafolatlanadi, deb ta’kidladi Amerika prezidenti Barak Obama.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama “inson huquqlarini himoya qiladigan" Yaqin Sharq davlatlariga o‘z "do‘stligini" va’da qilmoqda. Dushanba kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan Jahon hukumat rahbarlari sammitidagi Obamaning videomurojaatida aynan shunday deyildi.

BAA. Dubay shahri. - Sputnik O‘zbekiston
Birlashgan Arab Amirliklarida baxt va diniy bag‘riyenglik vazirlari paydo bo‘ladi

"Yaqin sharqda inson huquqlariga rioya qilib, o‘z mamlakatini adolatli boshqaradigan hukumat rahbarlari xuddi avvalgidek Amerika yuzida do‘stga ega bo‘ladilar”, — ta’kidladi Obama. "Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika misolida ko‘rishimiz mumkin, hukumat o‘z fuqarolarini ruhlantirmagan taqdirda, bu holat mamlakatda notinchlik va mojarolarni yuzaga keltiradi”, — qo‘shimcha qildi u.

Uch kun davom etgan sammitda 150 mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 3 mingdan ziyod vakillar ishtirok etdi. Xalqaro yig‘ilishda kelajakdagi boshqaruv tamoyillari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0