TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari hukumatida baxt va diniy bag‘rikenglik darajasi bo‘yicha vazirlar paydo bo‘ladi, deb xabar qildi dushanba kuni o‘zining Twitter sahifada Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri, Dubay hukmdori Muhammad Al Mahtum.
Dubay hukmdorining so‘zlariga qaraganda, baxt vaziri “jamiyatni yanada baxtliroq qilish maqsadida davlat dasturlari va siyosatini, uning barcha rejalarini birlashtirish” bilan shug‘ullanadi. Diniy bag‘rikenglik vaziri esa o‘z sohasini “Amirlik jamiyatining asosiy boyligi” sifatida singdirish bilan shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, yuqorida aytilgan o‘zgarishlar bejizdan emas, hozirda Birlashgan Arab Amirliklarida hukumat strukturasini qaytadan tashkil etish ishlari olib borilmoqda.