TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Germaniya kansleri Angela Merkel Suriyada qochoqlar soni ortib borayotganida Rossiyani ayblamoqda, xabar qiladi RIA Novosti Reyter agentligiga asoslangan holda.
"So‘nggi kunlar ichida asosan Rossiya tomondan berilayotgan bombardirovkalar oqibatida o‘n minglab odamlar qay darajada zahmat chekayotganini ko‘rib, dahshatda tushmoqdamiz", — ta’kidladi Merkel Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot-anjumani davomida. Bunday sharoitda Jenevada Suriya bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni tasavvur qilish qiyin, deb qo‘shimcha qildi kansler.
Germaniya va Turkiya birgalikda BMT Xavfsizlik kengashining Suriya fuqarolari xavfsizligi bo‘yicha rezolyutsiyasiga amal qilinishini talab qilib chiqishlari aytib o‘tildi.
Moskva nomiga bundan oldin ham bir necha marotaba Suriyadagi tinch xalqni bombardirovka qilayotgani haqida tuhmatlar bo‘lgan. Ammo shu paytgacha bunday bayonotlarning hech biri o‘z isbotini topmagan. Rossiya TIV va Mudofaa vazirliklari bu singari “hujum”larga “informatsion urush” deb nom bergan.