TOShKENT, 23 yanv — Sputnik, Alena Palajchenko. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li Germaniya kansleri Angela Merkelga terrorchilarga qarshi kurashda yordam maqsadida “Injirlik” bazasiga yetkazib bergan harbiy samolyotlar uchun minnatdorchilik bildirdi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
"Turkiya va Germaniya yelkadosh bo‘lib havfsizlikka tahdid solayotgan kuchlarga qarshi kurashmoqda. Biz “ID”, “Qurdal ishchi partiyasi”(Turkiyada faoliyati ta’qiqlangan) va boshqa terrorchilik guruhlariga qarshi kurash olib borib, tinchlik va demokratiyani saqlab qolishga bel bog‘laganmiz. Men bugun, “Islom davlati” terrorchilariga qarshi kurashda bizni qo‘llab-quvvatlayotgan Merkel xonimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Germaniya, "Injirlik" bazasida o‘z samolyotlarini joylashtirib, butun dunyoga Turkiya bilan fikrdosh ekanini, uni qo‘llab-quvvatlashini namoyon qildi. Turkiya boshiga og‘ir kunlar tushganida, Germaniya uning yonida bo‘lishini ko‘rsatib berdi", — ta’kidladi Dovuto‘g‘li o‘zining Germaniyaga qilgan safari chog‘ida Merkel bilan hamkorlikda o‘tkazilgan matbuot-anjumanda.