TOShKENT, 6 fev – Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi, xabar qilinadi CNN telekanali saytida, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
"Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Tramp sirli homiy tomonidan 2016-yil tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi, ta’kidlaydi Kristian Berg Xarpviken (har yili ushbu mukofotga nomzodlar ro‘yxatini tuzuvchi Norvegiyadagi Dunyo muammolarini tadqiq qilish instituti rahbari, tahr.)", — deyilgan xabarda.
Ushbu mukofotga, shuningdek, suriyalik qochoqlarga yordam qo‘lini cho‘zgan greklar guruhi, “Islom davlati” terrorchilari changalidan qochishga muvaffaq bo‘lgan qul-ayol, Kolumbiyadagi ellik yildan buyon tinchimayotgan fuqarolar urushiga xotima yasagan muzokara ishtirokchilari va boshqalar nomzod etib ko‘rsatilgan.
O‘zining saylovoldi tashviqotlarida Tramp bir necha bor “Islom davlati” terrorchilarini bomba tashlab yo‘q qilishga, Rossiya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga, AQShga buyuk davlat maqomini qaytarishga va’da bergan. Milliarder, shuningdek, AQShga musulmonlarni kiritmaslikni va mabodo, Pekin o‘z valyutasi kursini pasaytirishni to‘xtatmas ekan, Xitoy tovarlari uchun 45% davlat boji belgilashni taklif qilgan.