TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp o‘z saylovchilarining vafodorligiga shubha qilmasligini aytdi. Milliarder ta’kidiga ko‘ra, agar u Nyu-Yorkning tinch aholisiga qarata o‘q ochgan taqdirda ham, u o‘z tarafdorlarini yo‘qotmaydi. Tramp bu haqda shanba kuni, Ayova shtatidagi kollejlarning birida o‘tgan saylovoldi tashviqoti vaqtida aytgan, RIA Novosti Reyter agentligi xabari asosida.
"Men Beshinchi avenyu o‘rtasida turib, kimnidir otishim mumkin. Shunda ham saylovchilarim ovozini yo‘qotmayman", — degan hazil ohangida Tramp.
Milliarder bu gapni aytar ekan, qo‘li bilan go‘yo to‘pponcha tepkisini bosayotgandek harakat qilgan, xabar qiladi ABC News.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligiga saylov 2016-yil noyabr oyida o‘tkaziladi. Qo‘shma shtatlarning amaldagi prezidenti Barak Obama ikkinchi marotaba o‘z nomzodini ko‘rsatish fikridan yiroq.