Sodiq Abdullayev Toshkent viloyatiga hokim etib tayinlandi

Obuna bo‘lish
2013 yilning aprel oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Ahmad Usmonov o‘z vazifasidan ozod etildi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Sodiq Abdullayevni Toshkent viloyati hokimi etib tayinladi, xabar qiladi viloyat ma’muriyati vakili.

"Prezident Islom Karimov Toshkent tumanlarining birida hokimlik vazifasini bajargan Sodiq Abdullayevni Toshkent viloyati hokimligiga taqdim etdi", — aniqlik kiritdi suhbatdosh agentlikka.

Islom Karimov Namangan viloyatida yangi hokim tayinladi

Eslatib o‘tamiz, 4-fevral kuni Toshkent viloyati hokimligida Viloyat xalq deputatlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. ig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2013-yil aprel oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Ahmadjon Usmonovni vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Usmonovning o‘rniga shu paytgacha Zangiota tumanida hokim sifatida ishlab kelgan Sodiq Abdullayev hokim etib tayinlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0