TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Namangan viloyatida Namangan Kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi, respublika TIV xabariga ko‘ra.
Davlat rahbari mahalliy hokimiyat ishi yakunini e’lon qildi. Namangan viloyatida erishilgan yukuqlar va kamchiliklarni ta’kidlab o‘tdi.
Xususan, Kengashda Namangan viloyatida yangi hokim tayinlash haqida qaror qabul qilindi. Bahodir Yusupovning o‘rniga Xayrullo Bozorov tayinlandi.
Viloyatning iqtisodiy yutuqlari orasida yalpi mahalliy mahsulotning joriy yilning to‘qqiz oyida 9% ga o‘sganini, viloyatda zamonaviy korxonalar qurilayotganini va kichik biznesning izchil rivojlanayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Undan tashqari shaharda bir necha zamonaviy ko‘p qavatli binolar, savdo markazlari qurilganini, Namangan aeroporti va “Yashil dehqon bozorining yangilangani ta’kidlab o‘tdi. Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li qurilishi respublika temir yo‘l tizimi rivojlanishining asosiy bosqichlaridan biriga aylanadi.
Prezident 2016-2019 yillarda viloyat iqtisodiy rivojlanish dasturida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
To‘raqo‘rg‘on GESi va yana 16ta yirik sarmoyalangan loyha amalga oshiriladi. “Elektr qurilmalari” va yana 25ta mavjud bo‘lgan korxonalar jihozlarini texnik va texnologik yangilash sarmiyali loyhalari amalga oshiriladi.
Mahalliy hukumat organlari va tadbirkorlar taklifiga muvofiq viloyat ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish borasida 177 loyha amalga oshiriladi. Ular orasida O‘ychinsk tumanida ipak-trikotaj korxonasi ochish, “Kamol-medfarm” korxonasida mahalliy o‘tlardan dori ishlab chiqarish, Namangan shahrida joylashgan FT-Tekstil korxonasida trikotaj va paxta mahsulotlari ishlab chiqarish kabi loyha va rejalar bor.
Viloyat rivojlanishining yana bir asosiy yo‘nalishi bu injener kommunikatsiyalarni va ishlab chiqarish infraqurilmasini rivojlantirishdir.