TOShKENT, 5 fev — Sputnik. BMT ishchi guruhi WikiLeaks asoschisi Djulian Assanjning ozodlikdan mahrui qilinishini noqonuniy deb topdi.
“Djulian Assanj yetarlicha asoslar bo‘lmasdan turib hibsga olingan, bu esa xalqaro qonunlarga xilof”, — deyilgan Ishchi guruh qarorida.
WikiLeaks sahifasida maxfiy hujjatlar chop etiladi. 2010 yilda WikiLeaks AQSh harbiylari Bog‘dodda tinch aholini otib tashlagani videotasviri va AQShning 250 mingta maxfiy diplomatik hujjatini nashr qildi.
2012 yilda Assanj Londonda bo‘lgan vaqtda Shvetsiya so‘roviga binoan uni hibsga olish haqida sanksiya chiqarildi. Shundan keyin, Julian Assanj huquqni saqlash organlaridan yashirinib, Londondagi Ekvador elchixonasida yashab kelmoqda.
Shvetsiya hukumati Assanjga shahvoniy jinoyat to‘nkamoqda. WikiLeaks asoschisi o‘z aybini butunlay inkor qildi. Uning himoyachilari bo‘lsa ushbu ayblovlarning barchasi siyosiy xarakterga ega deyishmoqda.
Ba’zi ekspertlar aytishicha, BMTning ushbu qarori mug‘ombir qopqon bo‘lishi mumkin, Assanj Londondagi elchixonadan chiqishi bilanoq u hibsga olinadi, deyishmoqda.