Assanj: “shaxsiy hayot” tushunchasi haqida unuting, u endi yo‘q

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishJulian Assanj, WikiLeaks sayti asoschisi.
Julian Assanj, WikiLeaks sayti asoschisi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zamonaviy dunyoda shaxsiy erkinlikni himoya qilish imkoni boy berildi. Sababi, hozir barcha davlatlarda odamlar ustidan ommaviy nazorat olib borilmoqda, deydi WikiLeaks asoschisi Julian Assanj.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. WikiLeaks asoschisi Julian Assanj shaxsiy hayot uchun kurash boy berilgan, deb hisoblaydi. “Hozir butun dunyoda ommaviy elektron kuzatuv ommalashgan, chunki bu uchun ko‘p mablag‘ talab etilmaydi”, — deydi u.

Android One smartfoni. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda uyali aloqa va ijtimoiy tarmoqlar o‘chirilishi mumkinmi – ekspert fikri

“Gap shundaki, biz shaxsiy erkinlikni himoya qilish imkonini boy berdik. Xoh u katta, xoh kichik bo‘lsin, barcha davlatlarda ommaviy kuzatuvdan foydalanilmoqda”, — deb ta’kidladi u Londondagi Ekvador elchixonasidan videoaloqaga chiqar ekan. 

“AQSh o‘z ittifoqdoshlari bilan xalqaro kommunikatsiya vositalari ustidan ommaviy kuzatuvni shu darajada ommalashtirib tashladiki, faqatgina shu soha mutaxassislari, shu jumladan, ayrim terrorchilar ham, bu kuzatuvning oldini olishlari mumkin, xolos”.

"Oddiy fuqaro uchun shaxsiy hayot tushunchasi endi mavjud emas. To‘g‘ri, biz qonun, ma’naviyat haqida gapirishimiz mumkin, ammo omma nazaridan chetda bo‘ladigan shaxsiy hayot tushunchasi allaqachon barham topgan", — ishonch bilan ta’kidladi Assanj.

Assanjning so‘zlariga qaraganda, ommaviy kuzatuv narxi har 18 oyda 50%ga arzonlashishi bois, endi shaxsiy hayotni sir saqlab qolishning imkoni yo‘q. "Insoniylik qadr-qimati va ommaviy josuslik, kompyuterlashtirish o‘rtasidagi borayotgan kurashda, oxirgisi ustun kelishi turgan gap, biz shunga ko‘nikib yashashga mahkummiz”, — ta’kidladi u.

Ammo, Assanjning fikricha, jamiyat bu o‘zgarishlarga bora-bora ko‘nikadi. "Jamiyat ko‘nikmoqda. Mana, tashqi dunyodan uzib tashlangan Shvetsiya, Janubiy Koreya, Okinava, Shimoliy Koreyalarni olaylik. Bu davlat fuqarolari bu kabi o‘zgarishlarga ko‘nikish hosil qilishgan. Endilikda bu odamlar o‘z fikrlarini kod so‘zlar yordamida yashirishga harakat qilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Ommaviy kuzatuv oqibati bu. Biz shunday jamiyat sari qadam tashlamoqdamiz", — izoh berdi Assanj.

 

Yangiliklar lentasi
0