NATO: Rossiya Shvetsiyaga yadro hujumini amalga oshirmoqchi

Obuna bo‘lish
Rossiya harbiy mashg‘ulotlar davomida alyansga a’zo va hamkor mamlakatlarga yadro zarbalarini amalga oshirishni mashq qildi, deb bayonot berdi NATO Bosh kotibi.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. So‘nggi uch yil davomida Rossiyada harbiy mashg‘ulotlar soni ko‘paydi. Ayrim mashg‘ulotlarda yadro bombardimonlari o‘rganildi, deb bayonot berdi NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov. - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: AQSh Rossiyani yakkalab qo‘yish mumkinmasligini tushundi

Stoltenbergning so‘zlariga qaraganda, 2013-yilda Rossiya harbiy kuchlari 18ta yirik ko‘lamdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazgan, ularning ayrimlariga 100 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar jalb qilingan. Bosh kotibning ta’kidlashicha, bu kabi harakatlar NATO xavfsizlik tizimiga rahna sola oladigan "kutilmagan” omildan bo‘lak hech narsa emas. 

"Bu mashg‘ulotlarda NATOga a’zo va hamkor mamlakatlarga yadro hujumlari simulyatsiyasi amalga oshirildi. Jumladan, 2013-yilning mart oyida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Shvetsiyaga hujum mashq qilindi. Shuningdek, Rossiya o‘ziga qo‘shni ayrim mamlakatlarga po‘pisa tariqasida o‘z harbiy texnikasi va shaxsiy tarkib askarlari yashirin harakatlanishi mashqlarini o‘tkazdi", — deyiladi bayonotda.

Ayni vaqtda NATO alyansning sharqiy qismini harbiy jihatdan kuchaytirish choralarini muhokama qilmoqda. NATOning harbiy jihatdan kuchaytirilishi va Rossiya chegarasiga tobora yaqin kelayotgani esa Kreml tomonidan milliy xavsizlikka tahdid sifatida baholanmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0