Stern: Su-35S qiruvchisi – Turkiyaning dahshatli tushi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSu-35S qiruvchisi.
Su-35S qiruvchisi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada Rossiya tomonidan joylashtirilgan qurol-yarog‘lar rus davlatining qudrati va jangovar tayyorgarligini namoyish qilmoqda. Rossiya bilan uncha-muncha davlat bahslasha olmasligi ayon bo‘lib qoldi, deb yozadi nemis nashri.

TOShKENT, 3 fev – Sputnik. Suriyadagi operatsiyalar Rossiya harbiy texnikasiga dunyo e’tiborini jalb qildi, deb yozadi Stern nashri, RIA Novosti xabari asosida.
Sal vaqt oldin jangovar masalalar yechimini topish uchun super taktik manyovrlarni amalga oshirishga qodir Su-35S  qiruvchilari Suriya davlati hududiga olib kirilgani haqida xabar qilingan edi.

Su-35S qiruvchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Eng yangi Su-35S qiruvchi samolyoti Suriyaga olib kelindi

Rossiyaga qarashli Su-35S – dunyoning eng xavfli qiruvchi samolyoti sanaladi. Uning konstruksiyasi SSSR ning eng qudratli harbiy texnologiyalarm asosida ishlab chiqilgan. Samolyot o‘tmishdoshi — Sovet davlatiga oid Su-27 qiruvchisi bo‘lgan. To‘rtinchi avlod qiruvchilarining eng zo‘r hamda beshinchi avlod qiruvchilarining asosiy jihatlarini o‘ziga singdirgan Su-35S qurol-aslahalar bozoriga olib chiqildi, deb xabar qiladi nashr.

Uchish xarakteristikasi bo‘yicha Su-35S o‘z raqiblari, jumladan, Amerikaning F-22 Raptor qiruvchisini ham ortda qoldiradi.

Yuqori jangovar xususiyatlari va G‘arbdagi raqiblariga nisbatan arzonligi tufayli Su-35S qiruvchisiga jahon bozorida talab oshishi mumkin, deb yozadi Stern. Shuningdek, maqola muallifi ta’kidiga qaraganda, Su-35S qiruvchisining Suriyaga olib kirilishi Su-24 mojarosi tufayli Kreml bilan munosabatlarni ziddiylashtirgan Turkiyaning paytavasiga qurt tushirishi aniq.

Rossiya tomonidan Suriyaga olib kirilgan harbiy texnikalar orasida Havo Hujumidan Mudofaa tizimi, ayniqsa, e’tiborga molikdir. Uni yengishning deyarli iloji yo‘q. Shuningdek, S-400 zenit raketa kompleksi hamda “Pansir-S1” raketa-pushka kompleksiga qarshi ham ancha-muncha G‘arb qurol-yarog‘lari bas kela olmaydi, deb yozadi nashr.

Yangiliklar lentasi
0