Lavrov: Suriya muxolifati vakillari orasida «injiqlar” paydo bo‘ldi

© AFP 2023 / FABRICE COFFRINI / AFP Jenevada Suriya Tinchlik muzokaralari
Jenevada Suriya Tinchlik muzokaralari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriya muxolifati delagatsiyasi vakillari orasida bir guruh vakillar oldin qabul qilingan hujjatlarni inkor qilmoqda, dedi Rossiya TIV Sergey Lavrov.

TOShKENT, 3 fev —Sputnik. Jenevaga kelgan Suriya muxolifati delagatsiyasi vakillari orasida bir guruh vakillar oldin qabul qilingan kelishuvlarga qarshi talablar qo‘ymoqda, dedi Rossiya TIV Sergey Lavrov.

“U yerda bir necha “injiq” odamlar paydo bo‘lib, Jeneva kommunikesi, Vena hujjatlari va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi prinsiplariga mutlaq qarshi talablar qo‘ymoqda”, — dedi Lavrov jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Jenevada juma kunidan boshlab Suriya hukumati va Suriya muxolifati vakillari orasida Tinchlik muzokaralari boshlangan. Muzokaralarda BMTmaxsus vakili Stefan de Mistura vositachilik qilmoqda. Muzokaralarda qatnashish uchun Suriya muxolifati vakillaridan tashkil topgan ikki guruh tuzilgan. Birinchisi Moskva va Qohirada, ikkinchisi – Ar-Riyodda. Muzokaralar olti oy muddatga belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0