Manba: Rossiyadan ishdan bo‘shatilgan o‘zbekistonlik o‘z ota-onasini yoqib yubordi

Obuna bo‘lish
Buxorolik Farhod Egamov Rossiyadan ishdan bo‘shatilgach, vataniga qaytishga majbur bo‘ldi. Pul masalasida ota-onasi bilan janjallashib qolgach, ularning ustidan benzin quyib, yoqib yubordi.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Buxorolik Farhod Egamov Rossiyadagi ishidan mahrum bo‘lgach, vataniga qaytishga majbur bo‘ldi. Ota-onasi bilan pul masalasida janjallashib qolgach, ularning ustidan benzin quyib yoqib yubordi, RIA Novosti O‘zbekiston huquqni muhofoza qilish organlaridagi manba asosida.

Migrantlar. Rossiya. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya migrantlar masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadi

"Egamov yaqinda Rossiyadan kelgan edi. Aytishi bo‘yicha, ishidan bo‘shatilgani uchun vataniga qaytishga majbur bo‘lgan. Pul tufayli ota-onasi bilan janjallashib qolgan. So‘ng, mast holatda ularning ustidan benzin quyib, yoqib yuborgan”, — xabar qildi agentlikka manba.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni vaqtda Egamovning ota-onasi kuchli jarohatlar bilan shifoxonada yotibdi.

"Agar qo‘shnilar vaqtida militsiya va tez tibbiy yordam xizmatini chaqirishmaganida, tuzatib bo‘lmas fojia ro‘y berishi aniq edi”, — ta’kidladi manba. Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, Egamov hozirda hibsga olingan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, u besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni vaqtda chet eldagi o‘zbekiston mehnat migrantlari soni 3-4 millionga yaqin. Rossiya Federal Migratsiya Xizmati Rossiya hududida rasman ro‘yxatdan o‘tgan migrantlar soni 2 millionni tashkil qilishi haqida xabar qildi.

2016 yilda O‘zbekistonda 993 ming nafar kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Shu jumladan, MDH davlatlarida vujudga kelgan inqiroz tufayli chet eldan vataniga qaytmoqchi bo‘lgan migrantlar uchun ham 148 ming ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0