Germaniya hukumati qochoqlar uchun yangi qonun chiqardi

Obuna bo‘lish
Yangi qonunchilik Germaniyadan boshpana so‘raydigan qochoqlar uchun qoidalar murakkablashtirilishini nazarda tutadi. Migrantning qochoq maqomiga haqli yoki haqlimasligi endi maxsus punktlarda hal qilinadi. Qochoq maqomiga noloyiq deb topilgan migrantlar, shu zahotiyoq mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

TOShKENT, 3 fev — Sputnik, Angelina Timofeyeva. Germaniya hukumati chorshanba kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisda qochoqlarni qabul qilish va joylashtirish masalalarini tartibga soluvchi migratsiyaga oid qonunlarni muvofiqlashtirdi, deb ta’kidladi brifing chog‘ida hukumat rasmiy vakili Shteffen Zaybert, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Germaniya kansleri Angela Merkel. - Sputnik O‘zbekiston
DW: Germaniya ukrainalik qochoqlardan "eshikni tashqaridan yopishni"ni so‘radi

Yangi qonunchilikka muvofiq, Germaniyadan boshpana so‘raydigan qochoqlar uchun qoidalar murakkablashtirilishi nazarda tutiladi. Endilikda migrant qochoq maqomiga loyiq yoki loyiq emasligi tez orada tashkil etiladigan maxsus punktlarda aniqlanadi.

Qochoq maqomiga loyiq emas, deb topilgan migrantlar shu zahotiyoq mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Shuningdek, yangi qonunchilikka muvofiq, qabul qilingan migrantlar integratsiya kurslari uchun sarflangan mablag‘ning bir qismini qoplashlari lozim. Shu sabab, ular oyiga 10 yevro miqdorida badal puli to‘lashga majbur etilishi ta’kidlanmoqda.

Germaniya Vazirlar mahkamasi, Marokash, Jazoir va Tunis “xavfsiz davlatlar” deb e’lon qilinishi tarafdori, deb ta’kidladi Zaybert. Ya’ni, endilikda ushbu davlatlardan Germaniyaga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘layotgan migrantlarga yo‘l yopiq, desa ham bo‘laveradi. Ushbu davlatlar fuqarolarining deportatsiyasi tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0