TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Germaniyaning Deutsche Welle Frankfurter Rundschauga asoslangan holda ukrainalik minglab qochoqlar shu kunlarda Germaniyadan deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida xabar qilmoqda, RIA Novosti ma’lumoti asosida.
Maqolada xabar qilinishicha, Ukraina sharqidagi mojarolar tufayli, shu paytgacha 7 mingdan ziyod ukrainaliklar Germaniyaga siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilganlar. Murojaat yo‘llaganlarning 5,3% ijobiy javob olishgan. "Har bir rad javobiga mamlakat hududini tark etish talabi ilova qilinmoqda”, — deb yozadi nashr, Germaniya Federativ Respublikasi qochoqlar va migratsiya masalalari bo‘yicha Federal idora vakili so‘zlarini keltirgan holda.