TOShKENT, 1 fev – Sputnik. Rossiyaning eng yangi, eng chaqqon (manyovrli) Su-35S qiruvchi samolyoti jangovor vazifalarni bajarish uchun Suriyaga olib kelindi, Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vkili Igor Konashenkov xabariga asosan.
Oldinroq “Kommersant” gazetasi Rossiya Su-35S samolyotini Suriyada jangovor sharoitda sinovdan o‘tkazmoqchi degan xabarni tarqatgan edi.
“O‘tgan haftadan boshlab Su-35S, Xmeymim aviabazasida jangovor vazifalarni bajarishga kirishdi”, — dedi Konashenkov.
Eslatib o‘tamiz, Su-35S eng yangi samolyot bo‘lib uning birinchi nusxalari o‘tgan yilning noyabr oyida Rossiya Harbiy havo kuchlari ixtiyoriga topshirildi. Su-35S – ko‘p maqsadli qiruvchi samolyot bo‘lib, havoda himoyachi bajarishi va yerdagi nishonlarga qarshi hujum qilish imkoniyatiga ega.
Su-35S bir o‘rinli, “4++” avlod qiruvchi samolyoti bo‘lib, u fazali antenna panjarali eng zamonaviy radio lokatsiya stansiyasi va tortish vektorini boshqarish imkoniga ega bo‘lgan dvigatellar bilan jihozlangan. Samolyotning takomillashtirilgan planeri (korpusi) kuchli konstruktivga ega bo‘lib 30-yil davomida foydalanishga mo‘ljallangan.