Xitoyliklar yozda 2,5 kundan dam ola boshlaydi

Obuna bo‘lish
Ushbu choralar aholi orasida turizmni rivojlantirib mamlakat iqtisodiga ko‘mak berishga qaratilgan. Rasmiy dam olish juma kuni tushdan boshlanadi.

TOShKENT, 3 fev —Sputnik, Ivan Bulatov. Xitoy fuqarolari yozdan boshlab ikki kun o‘rniga ikki yarim kun dam olishni boshlaydi, deyilgan Xitoy turizm boshqarmasi rahbari nutqida.

Ekspert: O‘zbekiston Xitoy uchun — Markaziy Osiyodagi muhim ustun

Dam olish kunlarini uzaytirish haqidagi qaror Xitoy Davlat Kengashi tomonidan 2015-yil avgustida ma’qullangan edi. Ushbu tadbirning maqsadi aholi orasida turizmni rivojlantirish va iqtisodni qo‘llab-quvvatlashdir. 

Xitoyning ba’zi viloyat va shaharlarida ushbu tartib allaqachon ishga tushgan. Xebey, Szansi viloyatlarida va Chunsin shahrida ish vaqti juma kuni tushda tugatiladi. Shu bilan bir vaqtda 40 soatlik ish haftasi saqlanib qolmoqda. Ishchilar va korxona yetishmagan ish soatlarini o‘zaro kelishgan holda hal qilishadi.

Xitoy Davlat Kengashi tomonidan e’lon qilingan hujjatda 2,5 kunlik dam olish tartibi har joyning aniq sharoitiga qarab belgilanadi. Ushbu tartib faqat yoz oylarida qo‘llanishga mo‘ljallangan taklifdir, yil davomida amal qiluvchi majburiy qonun emas.  

Shu o‘rinda, Rossiyadagi davlat tomonidan belgilangan 10 kunlik Yangi yil ta’tilini ham eslab o‘tamiz. Hukumat tomonidan ushbu tartib kiritilganidan keyin aholi yiliga ikki marta uzoq vaqt dam olish imkoniga ega bo‘ldi. Fuqarolar o‘zlari hisobidan oladigan ta’tilni, odatda yozda,  dengiz sohillariga borish uchun ishlatishsa, Yangi yil ta’tili esa Rossiyada ichida dam olishga qo‘lay bo‘ldi. Iqtisodchilar Yangi yil ta’tili kunlarida ichki turizm, ijtimoiy xizmatlar, savdo-sotiq va muzey va parklar daromadi hisobiga mamlakat iqtisodi o‘sganini e’tirof etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0