TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida va OAVda xonanda Esmeralda Raxmatova (Tamila) bilan bog‘liq shov-shuv keng tarqalmoqda.
O‘tgan yakshanba kuni kimdir Telegram messendjeri orqali ikkita videolavha tarqatgan. Ularng birida xonanda Tamila o‘zini behayolarcha tutadi, ikkinchisida esa tunda ko‘chada kiyimsiz paydo bo‘ladi. Xonanda Sayyod.com saytiga aytishiga qaraganda birinchi videolavhada aynan uning o‘zi bo‘lgan, ikkinchisida esa — noma’lum shaxs.
“Biz Raxmatovaning litsenziyasini to‘xtatdik, xozir ushbu sharmandali hodisa borasida aniqlashtirish ishlari olib borayapmiz”, — dedi O‘zbeknavo vakili.
Tamilaning produseri Najot Agzamov ushbu voqeadan “Chuqur shok holatida ekanini” va uning “shaxsan o‘zi” ushbu video haqida “O‘zbeknavo”ga xabar bergani haqida ma’lumot bermoqda podrobno.uz sayti. Agzamov bundan buyot xonanda bilan hamkorlik qilmasligini ham ta’kidlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarning ba’zi foydalanuvchilari xonanda yonini olishdi va ushbu video shaxsiy hayotga oid bo‘lib, xonandaning ijod faoliyatiga aloqasi yo‘qligini e’tirof etishmoqda.
2015 yilda “O‘zbeknavo” Tamilani yuzida pirsing bilan tushgan surati uchun litsenziyasidan mahrum qilgan edi, lekin noyabr oyida Tamilaga yana ijod faoliyatini davom ettirishga ijozat berilgan edi.
Shu o‘rinda aytib shtish joizki, “O‘zbeknavo” oxirgi paytlarda o‘zbek estrada xonandalari ijodi, xulq-atvori va liboslariga jiddiy e’tibor qaratgan. O‘tgan yilning iyul oyida yoppasiga besh xonanda, o‘zbek urf-odatlariga mos kelmaydigan libosi, ijtmoiy aksiyalarda qatnashmaganligi va boshqa sabablarga ko‘ra litsenziyasidan mahrum qilingan edi.
O‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston hukumati O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “o‘zbek urf-odatlariga, milliy qadriyatlariga zid bo‘lgan, yoshlarning ruhiy va axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan” qo‘shiq va kliplarni efirga uzatmaslik haqida alohida topshiriq olgan edi.
Ushbu chorlar, oxirgi 25-yil davomida jidday nazorat ostida bo‘lmagan, estrada sohasini tartibga solishga, tele va radio efirdan taralayotgan kuy va ashulalarning ruhiy va ma’naviy darajasini oshirishga qaratilgan.