TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Moskvadan 40 km uzoqlikda, Saxarova qishlog‘i yaqinida Rossiyada eng katta Migratsiya markazi ochildi. Ushbu markazda mehnat migrantlari uchun kerak bo‘ladigan barcha davlat xizmatlari mujassamlashgan: tibbiy ko‘rik, daktiloskopiya, rus tilidan imtihon, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish xizmati va boshqalar.
Bundan yana bir yutuq, migrantlar bundan buyon ko‘plab davlat tashkilotlari va ular orasida turgan vositachilarga murojaat qilishi kerak emas. Barcha kerakli hujjatlarni tez va qulay sharoitda, bir joyda o‘zlari rasmiylashtirishi mumkin.“Shu o‘rinda MDH davlatlaridan kelgan migrantlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar soni ham 17% kamayganini aytib o‘tish kerak”, — dedi Sobanin.
Migrantlar uchun barcha xizmatlar eng kam narxlarda ko‘rsatiladi. “Bu bizlarga juda katta miqdorda migrantlarni qonuniylashtirishga imkon berdi. O‘tgan yil biz migrantlar faoliyatidan Moskvada joylashgan neft kompaniyalar faoliyatidan ko‘ra ko‘proq daromad oldik. Ushbu markaz qurilishi yarim yil ichida o‘z xarajatlarini qopladi”, dedi Sergey Sobanin.
Davlat dumasi deputati Irina Yarovaning so‘zlariga qaraganda, migratsiya sohasidagi qonunlarni hayotga tadbiq qilishda, Moskva boshqa hududlarga o‘rnak bo‘lmoqda.
“Migratsiya markazining shahar tashqarisida joylashgani, birnchidan Moskva aholi uchun hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi, ikkinchidan, migrantlar uchun qulay, chunki barcha kerakli xizmatlarni bir joyda olish mumkin”, — dedi Irina Yarovaya.
Migratsiya markaziga Moskvaning Anino metro bekatidan maxsus avtobuslar qatnaydi. Markaz har kuni soat 08:00 dan kech soat 20:00gacha ishlamoqda. Markazda oshxona, bank, uyali telefon hisobini to‘ldirish kabi va kerakli maishiy xizmatlar olish imkoni ham bor.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil yanvarida qabul qilingan qonunlarga asosan, Rossiyada qonuniy ishlash huquqiga ega bo‘lish uchun MDH davlatlari fuqarolari patentga ega bo‘lishi kerak. Patent rasmiylashtirish haqida batafsil ma’lumot uchun quyidagi infografikamizni tomosha qiling.