Ulug‘bek Qodirov: "Havaskor rejissorlar bilan ishlamayman"

© Iz lichnogo arxiva Ulugbeka KadirovaUlug‘bek Qodirov.
Ulug‘bek Qodirov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aktor Ulug‘bek Qodirov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga rol uchun nimalarga tayyorligi, sport, muxlis qizlar va taqdir tuhfasi haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonda eng talab katta bo‘lgan aktorlardan biri — bu Ulug‘bek Qodirov ekanligi, shubhasiz. Aktor o‘z ijodi davomida hayotda qiyin vaziyatlarga tushib qolgan yigitlar obrazini ko‘proq talqin qilgan. Aktorning aytishicha, u ijro etgan qahramonlar — bu hayotiy qiyinchliliklar oldida taslim bo‘lmagan, taqdir zarbasiga qaramay, yaxshi tomonga o‘zgarishga intilgan kuchli personajlardir.

Romeo monologini qoyil qilib o‘qib, institutga kirishga muvaffaq bo‘lgan 32 yoshli aktorning bugungi orzusi Gamlet rolini ijro etish…

“Men ijro etadigan qahramonlar – haqiqiy erkak”

— Ulug‘bek, aytingchi, ijroingizdagi “yaxshi yigitlar”ning deyarli barchasi qamoqxonada o‘tirib chiqqan. Buning sababi nimada, deb o‘ylaysiz?

— Bu hayotda kim adashmaydi, deysiz? Ammo qahramonlarim orasida tuhmat bilan qamalganlari ham bor. Muhimi, ularning har biri yaxshi tomonga o‘zgarishga o‘zida kuch topa oladi. Rejissorlar bu kabi mavzularni bejizga ekranga chiqarishmaydi. Maqsad, jamiyatimizni to‘g‘ri yo‘ldan adashgan shunday yoshlarga nisbatan kechirimli bo‘lishga, ularga imkon berishga o‘rgatish.  

— Ayni vaqtda qanday rolni ijro etishni orzu qilyapsiz?

— Gamletni ijro etishga ulguramanmi, degan fikr o‘tapti xayolimdan. Daniyalik shahzoda tarixi uning ichki kechinmalari nuqtayi-nazaridan men uchun juda qiziq. Uni his qilib, ijro etishni xohlayman. Men ayni paytda bunga ruhan va jismonan tayyorman.

Bagajimda murakkab personajlar bo‘la turib, teatr sahnasida iz qoldirmaslik xato, deb o‘ylayman. Men teatrga qaytishni hoxlayman.

© Iz lichnogo arxiva Ulugbeka KadirovaUlugbek Kadirov
Ulugbek Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ulugbek Kadirov

Siz hozir aniq bir teatrni nazarda tutapsizmi yoki?..

— Bilasizmi, institutda o‘qib yurgan chog‘imda ikkinchi kursdaligimda, ustozim O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Azizov tufayli yurtimizning eng old teatrlaridan biri — Hamza nomidagi O‘zbek milliy akademik teatriga qabul qilinganman. Vaqt o‘tishi bilan syomkalar va teatrdagi faoliyatimni barobar olib bora olma

 qolganim uchun, teatr sahnasini tark etishga majbur bo‘ldim. Hozir u yoqqa qaytishni orzu qilyapman.

Aytgancha, aynan Hamza teatrida bu yil Gamletni qo‘yishga va’da berishapti. Kim bilsin…

Taqdir taqazosi

- Ota-onangiz harbiy bo‘lishingizni orzu qilishgan shundaymi…

— Ha, ota-onam harbiy bo‘lishimni orzu qilishgan. 15 yoshimda ular meni Toshkentdagi Suvorov nomidagi harbiy bilim yurtiga o‘qishga qo‘yishdi. Ammo appenditsit bo‘lib qolib, operatsiyadan keyin o‘qishni davom ettira olmadim. Sababi, jismonan zo‘riqish menga mumkin emasdi. Shunda ota-onam meni  oddiy maktabga qaytarishga qaror qilishdi. Va bu bilan mening harbiy bo‘lishim mavzusiga nuqta qo‘yildi.

«Aziya MIX» jamoasi yulduzi Sitora Farmonova. - Sputnik O‘zbekiston
Sitora Farmonova: Go‘zal oqqushga aylangan “irkit o‘rdakcha”

Teatr institutiga hujjat topshirishim tasodifan ro‘y bergan. Gap shundaki, institut binosi yonida men bilan g‘aroyib bir voqea ro‘y bergan. Men uni ilohiy belgi sifatida qabul qilganman.

…Bahor kunlarining birida o‘rtoqlarim bilan Toshkentdagi miliy bog‘ga aylangani chiqdik. O‘sha kuni oyim menga yangi oyoq kiyim olib bergandilar. Yangi sandaliya oyog‘imni urib, yara qilib tashladi. Ammo men chidab yuraverdim. Bir vaqt o‘rtoqlarimdan biri Teatr institutigacha piyoda borishni taklif qilib qoldi. Xullas, yo‘lga chiqdik. Oyog‘imdagi yara borgan sari og‘rib, qonab borardi. Qon tomchilari institut darvozasi oldida ham to‘kilgan…

Shu kuni kechqurun oyimga Teatr institutiga o‘qishga kirishimni aytdim. “Nega?”, — ajablandilar ular. “Men endi u institutga o‘qishga kirmasam bo‘lmaydi, qonim to‘kildi axir u yerga”, dedim.

 

© Iz lichnogo arxiva Ulugbeka KadirovaUlugbek Kadirov i pevitsa Shaxzoda
Ulugbek Kadirov i pevitsa Shaxzoda  - Sputnik O‘zbekiston
Ulugbek Kadirov i pevitsa Shaxzoda

 

- Ota-onangiz qarshi bo‘lmaganmi?

— Ular ishonishmagan. Axir oddiy oilada tavallud topganman. Oyim bir umr nashriyoda hisobchi, dadamlar esa neft-gaz sohasida faoliyat yuritganlar. Oilada besh farzandmiz. Uch qiz va ikki o‘g‘il. Mendan boshqa hech kim san’at sohasini tanlamagan…

Shu bois, mening qarorim ularni biroz hayratga solgandi. Lekin kino haqida bolaligimdan orzu qilganman. Jan-Klod Van Dam ijrosidagi filmlarni juda yoqtirardim. Oyimlarning aytishicha, uyda u ijro etgan jang sahnalarini muntazam takrorlab turgan ekanman. Shu bois, ular  mashq qilayotganimni ko‘rib, o‘g‘lim kelajakda harbiy bo‘ladi, deb o‘ylashgan. Ammo…

Imtihon javobi chiqqan kuni avvaliga ota-onamni aldadim. Keyin kechki nonushta vaqtida ularga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganimni aytdim. Ular kech bo‘lganiga qaramay, gaplarimga ishonch hosil qilish uchun oliygohga borishgan edi. Ertalab dekan bilan uchrashib, shundan keyin mening talaba bo‘lganimga ishonch hosil qilganlar. Institutga o‘z kuchim bilan kirganman.

- Siz haqingizda havas qilsa arziydigan kuyov, deyishadi…

— Bularning hammasi mish-mish. Bu gaplarga ishonmang. Oilaliman, shirin qizalog‘imiz bor. Shaxsiy hayotim haqida gapirishni xohlamayman. Oila haqida har bir kishi qayg‘urmog‘i va uni asramog‘i lozim. U muqaddas. Oilamga ko‘z tegib qolmasligi uchun u haqda gapirgim kelmaydi.

Xonanda Shahzoda. - Sputnik O‘zbekiston
Shahzoda: “Ijodimda tanaffusga vaqt yo‘q”

— Irimchimisiz?

— Gap irim qilishda emas. Shunchaki, yaqin insonlarimni ortiqcha shov-shuv va mish-mishlardan himoya qilishni istayman. Aktorlarni bu kabi holatlar ko‘p ta’qib qiladi. Irimchi bo‘lganimda, menga taklif qilingan rollarni ijro etishdan bosh tortardim.

- Xira pashshaga qiyoslash mumkin bo‘lgan muxlisalaringiz haqida nima deya olasiz?

— Ularga ko‘nikib ketganman. Odamzod hamma narsaga ko‘nikadi. “Sarvinoz” filmining birinchi qismi ekranlarga chiqqanida, qizlar men bilan birga suratga tushish va dastxat olish uchun ustimga sakrab chiqib ketgudek yopishishgani, esimda. To‘g‘risini aytsam, mashhur bo‘lishni orzu qilgan bo‘lsamda, bunday holatlarga tayyor bo‘lmaganman…

“Rol uchun 26 kiloga semirdim”

- Siz haqingizda rol tanlash borasida juda injiq aktor, deb gapirishadi?

— O‘tgan yil sakkizta roldan voz kechdim. Yo‘q, talabchan bo‘lganligim uchun emas, balki u rollar menga to‘g‘ri kelmagani uchun. Meni nima to‘lqinlantirishini yaxshi bilaman. Havaskor rejissor suratga oladigan filmda hech qachon suratga tushmayman.

- Rol uchun nimalarga tayyorsiz?

— Hamma narsaga. O‘tgan yil “Aka” filmi syomkalari uchun 26 kiloga semirdim. Va “Baron” kartinasi uchun yana shuncha ozishga majbur bo‘ldim.

Aytgancha, o‘tgan yil chekishni tashladim. Yo‘q, rolim shuni talab qilgani uchun emas, o‘zim uchun. Ammo tan olishim joiz, bu oson bo‘lgani yo‘q.

 

© Iz lichnogo arxiva Ulugbeka KadirovaUlugbek Kadirov
Ulugbek Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ulugbek Kadirov

 

- Sport bilan shug‘ullanib turasizmi?

— Ha, hozir boksga qaytdim. Bolaligimda akrobatika, jang san’atining barcha turlari: qo‘l jangi, dzudo, taekvondo, boks bilan shug‘ullanganman. Sportzal — men uchun majburiy. Chunki semirishga moyilman.

- Demak, parhez saqlarkansizda?

— Non va qovurilgan taomlarni iste’mol qilmayman. Haftada olti kun parhez saqlayman. Orada bir kun ko‘nglim tusagan narsani tanovvul qilaman. Sababi, shunday qilmasangiz, immunitetingiz tushib ketishi mumkin. Ortiqcha kilogrammlar kishiga qanchalik dahmaza bo‘lishini vaznim 120 kiloga chiqib ketganida anglab yetganman…

 

Yangiliklar lentasi
0