O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurlari qurilishi boshlanmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishGaz uzatish quvuri qurilish ishlari.
Gaz uzatish quvuri qurilish ishlari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Markaziy Osiyo – Xitoy” gaz uzatish quvurining 1 ming kilometr uzunlikdagi to‘rtinchi-tarmog‘i Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Xitoy hududlarini kesib o‘tib, umumiy gaz quvvatini 85 milliard kubometrga oshirishi kutilmoqda.

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Xitoy milliy neftgaz uyushmasi(CNPC) va “O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi(MXK) “Markaziy Osiyo – Xitoy” gaz uzatish quvurining to‘rtinchi, O‘zbekistondan o‘tadigan quvuri qurilishini boshlashi mumkin, xabar qiladi RIA Novosti, xitoy kompaniyasi bergan ma’lumotlar asosida.

Kompaniyaning ta’kidiga ko‘ra, boshlang‘ich loyiha tayyor, faqat moliyaviy masalalar borasida kelishilsa, bo‘lgani. Loyihani amalga oshirish ishlari 2016-yilning aprel-may oylarida boshlanishi rejalashtirilgan. Kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmayapti.

Davomiyligi 200 kilometrni tashkil qiluvchi O‘zbekiston qismidagi gazquvuri “Markaziy Osiyo – Xitoy” gazquvuri tizimining eng qisqa tarmog‘i bo‘lishi kutilmoqda. Qurilish ishlari qiymati 800 million dollar deb baholanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0