TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Ikki yildan buyon Oskar nomzodlari ro‘yxatida turli irq vakillari bo‘lmagani uchun, bir qator akterlar Oskar taqdimoti marosimiga qatnashmasliklarini e’lon qildi, RIA Novosti Hollywood Reporter gazetasiga asosan.
Ushbu munosobat bilan AQSh Kinoakademiyasi rahbari Sheril Bun Ayzeks nomzodlar ro‘yxatiga o‘zgarish kiritish haqida haqida qaror qabul qilinganini e’lon qildi.
“Akademiya bizning a’zolar tarkibini o‘zgartirish haqida jiddiy qadamlar qo‘ymoqda. Yaqin kunlar va haftalar ichida biz tanlov tartibini o‘zgartiriamiz. Shunday qilib 2016-yil va undan keyin nomzodlar orasida turli irq vakillari bo‘ladi”, — dedi Ayzeks.
Kinoakademiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra akademiya o‘zgarishga harakat qilmoqda, lekin buning uchun vaqt kerak, “lekin o‘zgarishlar biz xoxlagandek amalga oshmayati”.
Oskar taqdimoti marosimini taniqli kinorejisser va akter Spayk Li va qora tanli akter Jada Pinkett- Smit boykot qilishga qaror qilgan. Twitter ijtimoiy tarmog‘ida #OscarsSoWhite (Juda oq Oskar) xeshtegi ommaviylashib ketib ko‘p shov shuvlarga sabab bo‘ldi.
88 – Oskar taqdimoti marosimi Golivudda 28-fevralda o‘tkazilishi kutilmoqda.
Actors nominate actors. THE "ACADEMY" DOES NOT NOMINATE ACTORS. Actors nominate actors. Remember this #OscarsSoWhite pic.twitter.com/dTPKr5kt8V
— Bret Easton Ellis (@BretEastonEllis) 19 yanvarya 2016