O‘zbekistonda uyali aloqa va ijtimoiy tarmoqlar o‘chirilishi mumkinmi – ekspert fikri

© Collage SputnikAndroid One smartfoni.
Android One smartfoni. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda messenjerlar faoliyati cheklanishi mumkinligi sababi, ularni nazorat qilishning iloji yo‘qligida. Ko‘pdan-ko‘p holatlarda ijtimoiy tarmoqlar rahbarlari davlat bilan hamkorlikda ishlaydilar, deb ta’kidladi “Ijtimoiy tarmoqlar” agentligi direktori.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik, Mariya Sheludakova. “Kamolot” yoshlar harakati ekstremistik g‘oyaga ega materiallar targ‘ibotining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar faoliyatini cheklashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Tashkilot Telegram, Facebook va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlarini nazorat ostiga olish niyatida. “Ijtimoiy tarmoqlar” agentligi rahbari, telekommunikatsion texnologiyalar sohasi eksperti Denis Terexov Sputnik muxbiriga, texnik nuqtayi-nazardan Internetda ma’lumotlar tarqatilishini nazorat qilishning iloji bor-yo‘qligi haqida so‘zladi.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ta’qiqlanishi mumkin

Terexovning ta’kidlashicha, bu borada ijtimoiy tarmoqlar hech qanday muammo tug‘dirayotgani yo‘q – tarmoq egalari va alohida guruhlar administratorlari hukumat bilan ishlashga rozi bo‘lgan bir paytda, messenjerlar bilan o‘zaro aloqa yo‘l qo‘yishning iloji bo‘lmayapti. 

Misol uchun, Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov hukumatga bazadagi ma’lumotlarni berishdan keskin bosh tortgan.

"Ko‘rinib turibdiki, messenjerlar o‘chirilishi haqidagi gap-so‘zlar, eng avvalo, ular davlat nazoratida emasligi tufayli kelib chiqdi", — ta’kidladi  ekspert.

Aslini olganda, messenjerlar faoliyatini to‘xtatish oson ish emas, chunki bu kabi servislar “shaxsdan shaxsga” protokoli asosida ish yuritadi. Ekspertning so‘zlariga qaraganda, messenjerlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish uchun Internet va uyali aloqa xizmatini o‘chirish qo‘yishdan boshqa chora yo‘q.

“Alohida olingan dasturlarni o‘chirish oson ish emas. Bu singari messenjerlar hammada yuz foiz blokirovka qilinadi, deb ham bo‘lmaydi. Balki iloji ham topilar, lekin O‘zbekiston Shimoliy Koreyaga aylanishiga ko‘zim yetmayapti”, — dedi Terexov, bu kabi ta’kidlarning barchasi birinchi navbatda messenjerlarga po‘pisa qilish maqsadida emas, balki haqiqatan ham ularni nazorat qilish imkoni yo‘qligi uchun paydo bo‘lganini ta’kidlab.

Ekspert shuningdek, messenjer va ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklanishi zamirida texnik emas, siyosiy sabablar yotishini ta’kidlab o‘tdi.

 

Yangiliklar lentasi
0