TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. «O‘zbekiston temir yo‘llari» vakili Sputnik muxbiriga bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyaning Talgo kompaniyasi 2016-yilning sentabr oyiga qadar poyezdlarni yetkazib berishi kutilmoqda.
Yangi poyezdlardan kelasi yilning sentabr oyida ishga tushiriladigan Toshkent—Buxoro tezurar temiryo‘l trassasida foydalaniladi. Samarqanddan Buxorogacha bo‘lgan temiryo‘l liniyasini qurish bo‘yicha loyihaning qiymati 400 million dollardan ortiqroqqa baholanmoqda.
287 yo‘lovchi o‘rniga ega yangi ikki poyezdning narxi 50 million dollarni tashkil qilishi belgilangan.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi yo‘lovchi va yuklarni yetkazishga sarflanuvchi vaqtni deyarli ikki soatga qisqartiradi.