Xitoy Rossiyada va butun dunyoda tezurar temir yo‘llar quradi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tish"Sapsan" tezzurar poyezdi
Sapsan tezzurar poyezdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy dunyoda eng uzun tezurar temiryo‘l magistrallariga (TTM) ega mamlakat. Mamakatda ularning uzunligi 19 ming km ni tashkil qiladi. Xitoy "Moskva – Qozon" TTMining asosiy sarmoyadorlardan biri.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik, Ivan Bulatov. Xitoy 2016-yilda butun dunyoda, jumladan Rossiyada ham, TTM qurilish hajmini oshirmoqchi, deb e’lon qildi “Xitoy Temir Yo‘llari” rahbari Shen Guanszu.

Xorgos - Yevroosiyo Ittifoqining savdo darvozasi - Sputnik O‘zbekiston
Xorgos - Yevroosiyo Ittifoqining savdo darvozasi

Shen Guanszu  ning so‘zlariga qaraganda “Xitoy Temir Yo‘llari” 2016-yilda chet ellarda temir yo‘l qurilishi sohasida bir necha shartnomalar tuzishga harakat qiladi. Moskva – Qozon” TTM loyihasi, Las-Vegas – Los-Anjeles TTM loyihasi, Malayziya va Singapur orasida TTM qurilishi loyihasi va Afrika qit’asida TTM qurilishi loyihasi shular jumlasidan, deb yozadi "Jenmin jibao" gazetasi.

Hozirgi kunda Xitoy Temir Yo‘llari Xitoy-Laos, Xitoy – Tailand, Serbiya — Vengriya mamlakatlari orasida TTM qurilishini amalga oshirmoqda.

Tezurar temiryo‘l magistrali – bu maxsus elektrlashtirilgan temir yo‘li bo‘lib, unda poyezdlar 200-400 km/soat tezlik bilan harakatlanishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda Rossiyada bunday yo‘llar yo‘q. Bu sohada birinchi loyiha “Moskva – Qozon” TTMi bo‘lishi kerak. Loyiha narxi 1, 068 trillion rublni tashkil qiladi. Loyiha amalga oshirilsa poyezdlar 770 km masofani 11,5 soat o‘rniga 3,5 soatda bosib o‘tadi.

Moskva – Qozon TTM loyihasi Rossiya hukumati tomonidan 2016-yil 13-yanvar kuni tasdiqlandi. Sarmoyadorlarning loyihada qatnashish asosiy shartlari 2015-yilda e’lon qilingan edi.

Moskva – Qozon TTMiga 400 miliard rubl sarmoya kiritish haqida birinchi bo‘lib Xitoy e’lon qildi. 2015-yilning may oyida Rossiya Transport vazirligi, OAO “RJD” va Xitoy rivojlanish va islohotlar qo‘mitasi orasida hamkorlik shakli haqida memorandum imzolangan edi.

Xitoy dunyoda eng uzun TTMiga ega mamlakat, ushbu mamlakatda ularning uzunligi 19 ming km.

Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘l qurilishi 2016-yilda boshlanadi

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Buyuk Ipak Yo‘lini qayta yaratish strategiyasini hayotga tadbiq qilishga qattiq kirishgan. Bu haqda 2013-yilda Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Li Szinpin e’lon qilgan edi.

Yangi Buyuk Ipak Yo‘li strategiyasi Xitoy va G‘arbni tezkor bog‘lovchi savdo koridorini tashkil qilishni nazarda tutgan. Ushbu strategiya savdo va sarmoyalar uchun to‘siqlarni kamaytirib, milliy valyutalarda hisob-kitob hajmini oshirishni nazarda tutgan.

Yangiliklar lentasi
0