TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Kichik va o‘rta biznes ustidan internet orqali tushayotgan shikoyatlar aniq shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, chorshanba kuni “Kichik biznes – milliy g‘oyami?” tadbirkorlar forumida.
Vladimir Putin “Rossiya tayanchi” Umumrossiya kichik va o‘rta biznesi jamoat tashkiloti prezidenti Aleksandr Kalininning nuqtayi nazarini qo‘llab-quvvatladi. Aleksandr Kalininning fikriga ko‘ra internet orqli tushayotgan ko‘plab arz va shikoyatlar asosan soxta ismlar bilan imzolangan.
“Barcha shikoyatlar, jumladan internet orqali kelib tushayotganlari ham aniq shaxslar tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak. Men bu borada Aleksandr Sergeyevichni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Bu nafaqat kichik va o‘rta biznes sohasiga taaluqli. Umuman, internetda surbetlik, qo‘pollik qilish yoki biror ters nuqtayi nazarni ovoza qilib so‘nga yashirinib olish juda oson”, — dedi Putin.
Prezidentning fikriga ko‘ra, agar insonda biror nuqtayi nazar yoki da’vo bo‘lsa, mayli aytsin, faqat o‘zini ham oshkor qilsin.
"Aks holda, bu shikoyat emas, “yumaloq xat” bo‘ladi. Bu sohada faqat bir tekshiruvchi yaxshi ishlagan – Lavrentiy Pavlovich Beriya”, — dedi Putin.