Lola Karimova: Prezident bo‘lishga intilmayman!

© Lola Karimova-TillyaevaLola Karimova. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kenja qizi.
Lola Karimova. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kenja qizi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidentining kenja qizi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida, kelajakda davlat rahbari bo‘lishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Lola Karimovaning so‘zlariga qaraganda, u kelajakda o‘z hayotini siyosat bilan bog‘lamoqchi emas.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston Prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva Instagramdagi rasmiy sahifasida o‘zining kelajakda davlat rahbari bo‘lishi haqidagi mish-mishlarga  izoh berib o‘tdi.

Ozoda Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon o‘z qizini prezident apparati rahbari etib tayinladi

Uning so‘zlariga qaraganda, u o‘z hayotini o‘zgartirish niyatidan yiroq. Lola Karimova davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritishni, davlat arbobi bo‘lishni xohlamaydi.

"Mening maqsadim, yuksak vazifam, avvalo oilam va ma’naviy o‘sishim bilan bog‘liq. Qachonki, farzandlarim yaxshi, vijdonli va saxiy insonlar bo‘lib voyaga yetishganda, men o‘z oldimga qo‘ygan vazifamni bajardim, deb hisoblayman", — deb yozadi Karimova-Tillayeva.

Prezidentning kenja qizi, shuningdek, xayriya faoliyatini davom ettirishi haqida ma’lum qilgan.

"Hayotimda o‘z oldimga juda ko‘p masalalarni qo‘yganman. Ammo ular orasida hokimiyatga intilish maqsadi yo‘q”, — ta’kidlaydi u.

Karimovaning fikriga ko‘ra, hokimiyat har qanday insonni baxtli qilishi mumkin, u – lazzat manbai, deb o‘ylaydigan odamlar ham, afsuski, bor.

"Ana shunday fikrga ega odamlar ba’zan kichik hokimiyatni ham eplay olmaydilar. Undan noto‘g‘ri foydalanadilar va bu bilan o‘z zimmalaridagi vazifa hamda xalqqa juda katta ziyon yetkazadilar.

Lola Karimova, shuningdek, oliyjanob va vijdonli kishi uchun hokimiyat bu birinchi navbatda — ulkan mas’uliyat ekanligini qo‘shimcha qilgan. “Davlat boshqaruvi – xalqqa xizmat qilishdir!”, deb ta’kidlaydi u.

Bunga qadar bir qancha o‘zbek manbalarida prezidentning kenja qizi kelajakda davlat rahbari lavozimini egallashi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0