O‘zbekiston askarlari Elbrusni “zabt” etish bo‘ycha xalqaro harbiylar musobaqasida qatnashadi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishQirg‘izistonda ShHT mamlakatlari o‘quv mashg‘ulotlari
Qirg‘izistonda ShHT mamlakatlari o‘quv mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada bo‘lib o‘tadigan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarda 10 mamlakat harbiy jamoalari qatnashadi. Guruhlar Elbrus tog‘i atrofida 105 km masofani bosib o‘tib, uning cho‘qqisiga - 3,5 km balandlikka ko‘tarilishadi.

 

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston jamoasi yangi “Elbrus halqasi” harbiy o‘yinlar konkursida qatnashadi. Bu haqda  Rossiya harbiy qo‘shinlari jismoniy tayorgarligi boshqarmasi raisi Oleg Bosman xabar berdi.

“Biz “Elbrus halqasiga” taklifnomalarni MDHning 8 mamlakatiga – Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistonga, hamda Xitoy, Hindiston, Italiya va Serbiyaga yubordik”, — dedi Bosman.

Harbiy xizmatchilar orasida musobaqa Elbrus tog‘lari yaqinida, Kabardino-Balkariya hududida, Tog‘-tayorgarlik va  tirik qolish markazida bo‘lib o‘tadi. 

Konkurs dasturi harbiy qo‘shinlar orasida qoyaga chiqish, qurol-aslaha va alpinist jihozlari bilan Elbrus atrofida besh kunlik marsh va uning cho‘qqisiga chiqish kabi musobaqalardan tashkil topgan. 

Tank T-72 o‘quv mashg‘ulotlar paytida - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiy kuch bo‘yicha O‘rta Osiyoda 1 o‘rinda

Umuman olganda guruhlar 105 km masofa bosib o‘tib 3,5 km balandlikka ko‘tarilishadi. Musobaqa qatnashchilari 7 dovon, 6 muzlik, 2 muz tog‘lari, 5 tog‘ darosi va undan tashqari 12 maxsus topshiriqni cheklangan vaqt ichida bajarishadi.  

Ushbu tanlovda g‘olib chiqqan eng yaxshi guruhlar 2016-yil iyunida belgilangan keyingi musobaqaga o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0