TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. “Suriya mojarosi”ni izga solish yuzasidan Jenevada o‘tkazilayotgan muzokaralar noaniq natija bilan yakunlanishi mumkin. Ammo bu urushda kim g‘olib bo‘lgani-yu, kim mag‘lubiyatga uchragani bugun sir emas. Suriya urushida yirik mag‘lubiyatga uchragan davlat – bu Turkiya, deb hisoblaydi britaniyaning The Independent nashri sharhlovchisi Patrik Kokbern, RIA Novosti xabari asosida.
Patrik fikricha, ishtirokchilar ko‘pligi sabab, Suriya va Iroqdagi urushga hotima yasash muammo tug‘dirmoqda. “Ular taslim bo‘lish uchun kuchlililik qiladi, g‘olib bo‘lish uchun ularga kuch yetishmaydi” deb yozadi Kokbern.
Eron va "Xizbulloh" uchun urushda g‘olib chiqish “hayot-mamot” masalasi bo‘lgan bir paytda, Saudiya Arabistoni va Turkiya ham Bashar Asadni yo‘q qilish rejasidan voz kecha olmaydilar. Chunki bu ish uchun ular bor-budini tikishgan.
"2011 yilda Turkiya Yaqin Sharqda eng obro‘li davlat maqomini egallagandek, tuyulgan edi. Ammo bu u Suriyadagi urushda mag‘lubiyatga uchrashi turgan gap.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on ziyolilar jamiyatiga qarshi sunniylar qo‘zg‘olonini qo‘llab-quvvatlagani bugun fosh bo‘ldi. Avvaliga “Musulmon birodarlar”i, keyin “ID”, so‘ngra “Jabhat an-Nusra” va boshqa ekstremistik guruhlar… Turkiya bularning hammasiga tishini-tishiga qo‘yib yordam berib keldi", — deb yozadi sharhlovchi.
Turkiyaning tarixdagi qudratini tiklash orzuida bo‘lgan Erdo‘g‘on, aksincha natijaga erishdi, deb ta’kidlaydi Kokbern.
Sharhlovchining so‘zlariga qaraganda, AQSh va Rossiya Suriya va Turkiya chegarasini yopishga harakat boshlashganidan so‘ng, Turkiya prezidentining bu mag‘lubiyatga nisbatan munosabatini ochiq-oydin kuzatish imkoni tug‘iladi.
"Erdo‘g‘on Turkiyaning Suriya shimolidan siqib chiqarilishiga ko‘nikishga majbur bo‘ladi, yoki harbiy ishtirokini kuchaytirib, Suriyaga bostirib kiradi", — taxmin qiladi Kokbern.
Turkiyalik sharhlovchilar ta’kidiga ko‘ra, Erdo‘g‘on qo‘shni mamlakatga o‘tgan yildayoq bostirib kirmoqchi bo‘lgan, ammo armiya qo‘mondonlari qarshiligiga uchragan, deb yozadi The Independent.
Kokbern fikriga ko‘ra, bugun Turkiya Suriyadagi mojarolarga aralasha olmaydi. Chunki, buning endi iloji yo‘q. Birinchidan Erdo‘g‘onning ushbu harakati AQSh tomonidan ma’qullanmaydi, ikkinchidan u Rossiya aviatsiyasi va zenit tizimi zarbasiga uchrashi mumkin.