TOShKENT, 23 yanv — Sputnik, Alena Palajchenko. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li hozirda Anqaraning eng asosiy maqsadlaridan biri Suriya bilan chegaradosh hududlarni “Islom davlati” jangarilaridan “tozalash” ekanligini ma’lum qildi, deb xabar qiladi RIA Novosti.
"Turkiya maqsadi – chegaradagi “ID” jangarilarini bitta qoldirmay qirib tashlash. Va bu borada bizga AQSh yaqindan ko‘mak bermoqda. Suriya oppozitsiyasi tomonidan “ID”ga qarshi olib borilayotgan janglar ham biz, ham AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bizni bezovta qilayotgan birgina holat, havo operatsiyalarini o‘tkazayotgan Rossiya bizga bu kurashda halal berishi mumkin. Biz o‘z chegaralarimizda bundan buyog‘iga na “ID”ni, na “Qurdlar ishchi partiyasi”ni, na Bashar Asad hukumati askarlarini ko‘rishga toqatimiz yo‘q”, — dedi Dovuto‘g‘li AQSh vitse-prezidenti bilan hamkorlikda Istambulda o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.
Dovuto‘g‘li Turkiya uchun — “Islom davlati”, “Qurdlar ishchi partiyasi”, An-Nusra fronti va Suriyadagi boshqa terrorchilik uyushmalari o‘rtasida hech qanday farq yo‘qligini alohida ta’kidlab o‘tdi.