Iroq TIV: Bizga terrorchilikni yengish uchun chet el qurolli kuchlari kerak emas

© SABAH ARAR / AFPIroq armiyasi namoyishda
Iroq armiyasi namoyishda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroq Tashqi Ishlar vaziri Ibrohim al-Djafari "Iroqda terrorchilikka qarshi quruqlik yoki boshqa harbiy operatsiyalar faqat iroq kuchlari tomonidan olib boriladi va boshqariladi. Boshqa hech qanday kuchlar bunga aralashmaydi", - dedi.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik, Yuliya Troiskaya. Iroqda terrorchilikka qarshi kurash faqat Iroq qurolli kuchlari  “qo‘li” bilan olib boriladi, dedi jurnalistlarga Iroq Tashqi Ishlar vaziri Ibrohim al-Djafari, Bahrayn poytaxti Manamada bo‘lib o‘tgan Birinchi arab-hind forumida.  

“Iroqda terrorchilikka qarshi quruqlik yoki boshqa harbiy operatsiyalar faqat iroq kuchlari tomonidan olib boriladi va boshqariladi. Boshqa hech qanday kuchlar bunga aralashmaydi, alohida maslahatchilardan tashqari”, dedi al-Jaafari.

Uning so‘zlariga qaraganda “Iroq – mustaqil davlat va u hech kimning uning suverenitetini buzishiga yo‘q qo‘ymaydi”. Al-Jaafari bu yil Iroq hududa “Islom davlati” terrorchilarini yo‘q qilishga umid bildirdi.   

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Pentagan rahbari Eshton Karter CNN telekanaliga AQSh Iroqqa “islom davlati” terrorchilariga qarshi kurash uchun harbiy desant bo‘linmalarini yuborishini ma’lum qilgan edi.

Amerika harbiylari. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqqa quruqlik qo‘shinlarni kiritmoqchi

Uning so‘zlariga qaraganda AQSh harbiylarining asosiy vazifasi — Iroq kuchlariga IDga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazishga yordam berish, lekin harbiy operatsiyaning aniq tafsilotlari: qachon, necha kishi va qancha muddatga yuborishi haqida ma’lumot yo‘q.

Bundan oldin, AQSh prezidenti Barak Obama Suriya va Iroq hududida IDga qarshi katta harbiy operatsiya o‘tkazishga qarshi ekanligini, faqat havo zarbalari bilan cheklanishini bir necha bor takror aytgan edi. Shunga qaramasdan, AQSh ushbu hududda o‘z harbiy ishtirokini kun sayin oshirmoqda. U yerga harbiy yo‘riqchi va maslahatchilardan tashqari  maxsus qo‘shinlar ham yuborilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0