TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilar uyushmasiga qarshi kurashda AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqda quruqlikdagi qo‘shinlarni ishga solishga qaror qildi, deb bayonot berdi AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter. Qizig‘i, bundan birmuncha vaqt oldin AQSh prezidenti Barak Obama, Qo‘shma Shtatlar Suriya va Iroqda bo‘lib o‘tadigan yangi ko‘lamdagi urushga aralashmasligi to‘g‘risida bir necha bor ta’kidlagan edi, RIA Novosti xabari asosida.
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, “Karter, “Islom davlati”ga qarshi kurashda, Iroq va Suriyada quruqlikdagi qo‘shinlar ishtirokida operatsiya o‘tkazilishi haqida ta’kidlagan”.
"Biz ko‘p ishni amalga oshirapmiz, chunki biz ko‘p ishlarni amalga oshirmog‘imiz shart, chunki biz “Islom davlati” ustidan g‘alaba qozonishimiz lozim. Men aminmanki, bu ish qo‘limizdan keladi, ammo men ushbu jarayonni yanada tezlashtirishni xohlayapman”, — deb aytgan Karter mahalliy telekanallarning biriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir qancha vaqt oldin AQSh prezidenti Barak Obama, Qo‘shma Shtatlar Suriya va Iroqdagi yangi ko‘lamdagi urushlarga aralashmasligi haqida bir necha bor ta’kidlagan edi. Shu asnoda, 7-dekabr kuni Amerika xalqiga qilgan murojaatida Obama, yangi urush “minglab harbiy askarlarning nobud bo‘lishiga hamda AQSh resurslarining pasayishiga” olib kelishi haqida aytib o‘tgan edi.