TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Nyu-Xempshirda o‘tgan saylovoldi uchrashuvlar davomida respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Jeb Bush o‘z raqibi Donald Trampga ayovsiz haqorat yog‘dirdi, xabar qiladi RIA Novosti Associated Press asosida.
Fuqarolarning savollariga javob berayotgan Bush, kutilmaganda, g‘ayrioddiy hatti-harakatlar bilan mashhur milliarder haqida “ahmoq” deb tilga oladi.
"Tramp — ahmoq. Shu gapni aytganim hamon — yelkamdan tog‘ ag‘darildi", — yarimhazil ohangda gapirdi u o‘z chiqishi davomida. Shundan so‘ng, Jeb Bush ayollar, lotin Amerikasidagilar, musulmonlar va majruhlar haqidagi haqoratli fikrlari tufayli Trampni qoralay boshladi.
Matbuot vakillari esa Bush bu so‘zlarni “qo‘qqisdan” aytganiga shubhalanishmoqda. Gap shundaki, milliarder Tramp yaqinda o‘z Twitterida “Kesak kabi ovsar yana bitta Bushga Amerikaning ko‘zi uchib turgani yo‘q” deb yozgan. Jeb shu tariqa Trampdan o‘ch oldi, degan fikrda matbuot vakillari.
Bushning puxta o‘ylamay amalga oshirayotgan saylovoldi kampaniyasi, uni va butun oilasini kulgiga qo‘ymoqda, hisoblaydi Donald Tramp.
Milliarder hozirda barcha pozitsiyalar bo‘yicha yetakchi o‘rinda. Jeb Bush esa unga yaqin kelolgani yo‘q, ta’kidlaydi agentlik.