OAV: Turkiya hududi yana terrorchilar tomonidan nishonga olindi, ikki kishi jarohatlangan

Obuna bo‘lish
Bir ayol va bir bola tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Taxminlarga ko‘ra, snarad Azaz shahridagi tumanlarning biridan uchirilgan. Suriyaning bu hududi “Islom Davlati” terrorchilari tomonidan nazorat qilinishi ma’lum.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Suriya hududidan uchirilgan snarad, Turkiya janubi-sharqida joylashgan Kilis shahridagi uylarning biriga kelib tushdi. Ikki kishi jarohat olgan, xabar qiladi RIA Novosti Sabah nashri ma’lumoti asosida.

Turkiya maktab yaqinidagi portlashdan so‘ng, Suriyaga qarata o‘t ochdi

Xabarlarga ko‘ra, jarohat olganlarning hayoti havf ostida emas.  Snarad, taxminlarga ko‘ra, “ID” jangarilari nazoratida bo‘lgan Azaz shahri(Suriya)dagi tumanlarning biridan uchirilgan.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Suriya hududidan uchirilgan snarad Kilis shahridagi maktab binosiga kelib tushgan edi. Portlash natijasida, maktab xodimalaridan biri halok bo‘lgan. Bitta o‘quvchi jarohat olgan. Ushbu hodisadan 48 soat o‘tib, Turkiya harbiylari “ID” pozitsiyalari bo‘ylab o‘t ochishdi.

Yangiliklar lentasi
0