AQSh Suriyada urush boshlashga tayyorligini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden “Suriyadagi vaziyatni siyosiy muzokaralar yordamida tinchlantirish imkoni bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlar urush ochishga tayyor”ligi haqida ma’lum qildi.

 

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden “Suriyadagi vaziyatni siyosiy muzokaralar yordamida tinchlantirish imkoni bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlar urush ochishga tayyor”ligi haqida ma’lum qildi, RIA Novosti xabari asosida.

Amerika harbiylari. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqqa quruqlik qo‘shinlarni kiritmoqchi

"Suriyadagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal qilsak, to‘g‘ri yo‘lni tanlagan bo‘lamizmi-yo‘qmi, bizga noma’lum. Ammo, garchi, bu muammoni siyosiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni bo‘lmasa, biz “Islom davlati”ga urush ochish yo‘li orqali zarba berishga tayyormiz”, — dedi Bayden Istambulda Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li bilan bo‘lgan uchrashuv davomida.

Suriya bilan bog‘liq kelishuvlar Jenevada 25-yanvar kuni o‘tkazilishi kutilmoqda. Bunga qadar BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan Mistura Suriyadagi vaziyatni izga solishda ishtirok etayotgan barcha tomonlar bilan konsultatsiyani yakuniga yetkazishi lozim.

 

Yangiliklar lentasi
0