Pan Gi Mun 15ta mamlakatni qarzi tufayli ovoz berish huquqidan mahrum qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilning fevralidan BMTda raislik vakolatini o‘z zimmasiga olishi lozim bo‘lgan Venesuela mamlakati ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin oldi.

 

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun a’zolik badallarini to‘lamaganligi tufayli, ovoz berish huquqidan mahrum qilingan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi, RIA Novosti Assoshieyted Press ma’lumoti asosida.

Ro‘yxatdan 15ta qarzdor-mamlakat o‘rin olgan. Liviya, Dominikan Respublikasi, Sent-Vinsent va Grenadina, Burundi, Bahrayn, Mali va Eron shular jumlasiga kiradi.  Bosh assambleya matbuot-kotibi Daniel Tomas “Hozirgina badal to‘lovidan qutulgan Eron ovoz berishda qatnashishi mumkinligi”ga aniqlik kiritgan.

Jon Kerri: BMT Samarqandda tashkil qilingan

Venesuela davlati ham qarzdor, deb e’lon qilinib, ovoz berish huquqidan mahrum etilgan. 2016-yilning fevralida bu mamlakat BMTda raislik vakolatini o‘z zimmasiga olishi lozim edi. Venesuelaning BMT oldidagi qarzi 3 million dollarni tashkil etadi.

BMT Bosh kotibi, shuningdek, hozirda murakkab siyosiy va iqtisodiy vaziyatni boshdan kechirayotgan Yaman, Somali, Komor orollari, Gvineya-Bisau va San-Tome hamda Prinsipi kabi qarzdor-mamlakatlar  ovoz berish huquqidan mahrum qilinmasligi haqida aytib o‘tgan.  

Qolgan qarzdor-mamlakatlarga BMT Kengashlarida favqulodda holatlardagina ovoz berish huquqiga ega bo‘lishlari haqida ta’kidlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0