TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Dunyoda ko‘pchilik BMT 70-yil avval Nyu-Yorkda tashkil qilingan deb o‘ylaydi, lekin Jon Kerri, bunday tashkilot Samarqandda, Amir Temur davrida ham bor bo‘lganligiga ishonchi komil, deyilgan AQSh Davlat departamenti rasmiy sayti xabarida.
AQSh Davlat departamenti rahbari Ostonda Qozog‘istonlik talabalar bilan uchrashuvda o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Samarqandda, qadim zamonda yuk ortilgan karvonlar o‘tgan tog‘lar va cho‘llarni men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim”, — dedi u va Samarqand haqida o‘ziga yoqib qolgan hikoyani aytib berdi.
XV asr boshida Kastiliya qiroli Enrike III o‘z elchisi Gonsales de Klavixoni Amir Temur huzuriga yuboradi. Elchi uzoq yo‘llar bosib, Konstantinopol, shimoliy Eron va boshqa ko‘p joylardan o‘tib Samarqandga yetib keladi. Samarqandda uni buyuk Amir o‘z huzurida qabul qiladi. Elchi bu shahardan hayratga qolib o‘z ko‘rganlarini yozib qoldirgan.
“Samarqand — bu turli xalqlar va madaniyatlar, savdo-sotiq kesishgan joy. Bu shaharda kamob ipak, oltin, moviyrang shisha va chinni topish mumkin. Bu joyda turklar, arablar, musulmonlar, yahudiylar, greklar, armanilar, xristianlar, katoliklar, nestorian va yafetidlar yashaydi”, — deb qadimiy sayohatchi hikoyasidan parcha keldirdi Kerri. Uning fikricha, balkim, BMT bir nech yuz yillar avval Samarqandda tashkil qilingandir.