TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Turkiya Qurolli Kuchlari ertalab artilleriya zarbasi berilgan Suriya hududiga qarata o‘ch ochdi, xabar qiladi RIA Novosti NTV telekanali ma’lumotiga tayangan holda.
Bundan sal oldin Turkiya hukumati Suriya tomondan otilgan snarad portlashi oqibatida ikki nafar inson halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi jarohat olgani haqida xabar qilgan edi. Reyter agentligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, snarad Suriyaning “Islom davlati” terrorchilari egallagan hududidan kelib tushgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, zarba zalp bilan otilgan o‘q tizimi yordamida amalga oshirilgan. Turkiya harbiylari, snarad qaysi tomondan kelib tushganini aniqlab, o‘sha nuqta bo‘yicha artilleriya zarbalarini amalga oshirdilar.