TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama qizi Maliyaning bitiruv kechasi u uchun his-tuyg‘ularga boy voqea bo‘lishini, u bu kechada yig‘lashga tayyorligini ta’kidladi, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Datroytda o‘tgan lanch davomida, mehmonlar bilan bo‘lgan suhbat davomida Obama o‘z qizining bitiruv kechasida yig‘isiz nutq so‘zlay olmasligi haqida ta’kidlagan. “Chunki qalbimda his-tuyg‘ular tug‘on urayotgan bo‘ladi”, deb izoh bergan AQSh prezidenti.
"Bitiruv kechasi davomida yig‘lab o‘tirsam kerak”, — degan Obama.
Shu bois, AQSh prezidenti bu yil o‘quvchilarga shahodatnoma topshirishi bekor qilindi, deb yozadi nashr.
AQSh prezidenti o‘tgan hafta qizi Maliya tez orada ota uyini tark etishi mumkinligi haqida aytib, bu masala uni juda qiynayotgani haqida jamoatchilikka ma’lum qilgan. “Bu haqda o‘ylashim bilan, ko‘zim yoshga to‘lyapti”, — qo‘shimcha qilgan u.
O‘n yetti yashar Maliya Enn Obama Vashingtondagi Sidwell Friends Schoolda tahsilni yakunlamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, prezidentning qizi, kuzda Amerika kollejlarining birida o‘qishni davom ettiradi, shu sababdan u o‘z uyini tark etishiga to‘g‘ri keladi.